Analitika

Qo'ng'iroqlar va AI-assistent analitikasi

Yangilandi 11-oktabr, 20262 daqiqa o'qish

Analitika bo'limida ikkita alohida yorliq bor: Telefoniya — qo'ng'iroqlar uchun va AI-assistent — assistent ishi uchun. Davr va detallashtirish bo'yicha filtrlar qolgan yorliqlardagi bilan bir xil (qarang: Hisobotlar va metrikalar).

Telefoniya

Bu yorliqda kanallar filtrida faqat telefon raqamlaringiz qoladi.

Asosiy raqamlar

  • Jami qo'ng'iroqlar — kiruvchi va chiquvchi, javobsizlari ham.
  • Kiruvchi va Chiquvchi.
  • O'tkazib yuborilgan — hech kim javob bermagan kiruvchi qo'ng'iroqlar. Bu qo'ldan chiqqan mijozlar.
  • Bog'lana olmadik — javob berilmagan chiquvchi qo'ng'iroqlaringiz. Ular alohida hisoblanadi, chunki bu qo'ldan chiqqan murojaat emas.
  • Javob berilgan ulush — barcha kiruvchi qo'ng'iroqlarning necha foizi qabul qilingan.
  • O'rtacha kutish — go'shak ko'tarilguncha mijoz o'rtacha qancha vaqt gudok eshitgan.
  • O'rtacha suhbat — kutish vaqtisiz suhbatning o'rtacha davomiyligi.

Pastda — Vaqt bo'yicha qo'ng'iroqlar grafigi: jami, kiruvchi, chiquvchi va o'tkazib yuborilgan.

Operatorlar bo'yicha

Har bir xodim bo'yicha jadval: Qabul qildi, Qo'ng'iroq qildi, O'rtacha suhbat va Jami suhbatda. Qo'ng'iroq haqiqatda go'shakni ko'targan yoki qo'ng'iroq qilgan xodimga hisoblanadi. Javobsiz qo'ng'iroqlar hech kimga yozilmaydi.

Jadval ostida Aloqa sifati (MOS) bo'lishi mumkin — ovozning 1 dan 5 gacha bahosi: 4 dan yuqori — yaxshi, 3,5 dan past — shovqinlar eshitiladi. U faqat brauzer orqali qo'ng'iroqlarda o'lchanadi.

Agar «O'tkazib yuborilgan» ko'p, «O'rtacha kutish» esa uzoq bo'lsa — mijozlar javobni kutib turmayapti. Eng gavjum soatlarda liniyada kim navbatchilik qilayotganini tekshiring.

AI-assistent

Yorliq assistent mijozlar bilan qanday muloqot qilayotganini ko'rsatadi.

  • Suhbatlar — davr ichida assistent nechta mijoz bilan suhbat olib borgan.
  • Javoblar — u qancha xabar yuborgan.
  • Anketa to'plandi va To'planganlar ulushi — nechta suhbatda assistent kerakli ma'lumotlarni to'plagan va menejerga izoh qoldirgan.
  • Odamga uzatildi va Uzatilganlar ulushi — assistent nechta suhbatni menejerga topshirgan: mijoz odamni so'ragan, norozi bo'lgan yoki suhbat boshqa tomonga ketgan.
  • Suhbatga javob — o'rtacha.
  • Xarajat — davr ichida model ishi qancha turgani, dollarda.

Pastda — Assistent ishi kunlar bo'yicha grafigi va Kanallar bo'yicha jadvali.

Suhbatlar bo'yicha AI xulosasi

Xulosa qurishni bosing — AI tanlangan davrdagi suhbatlarni o'qib chiqadi va bitta dialogda ko'rinmaydigan qonuniyatlarni topadi: mijozlar qayerda yo'qolib qoladi, nimani qayta-qayta so'raydi. Tahlil bir daqiqagacha davom etadi. Xulosani soatiga uch martadan ko'p qurib bo'lmaydi.

Assistent ishining hisobi 2026-yil 16-sentyabrdan yuritiladi — undan oldingi sanalar uchun ma'lumot yo'q.

O'xshash maqolalar